Jahon | 10:12 / 06.09.2015
4721
1 daqiqa o‘qiladi

Yashin 3 mln litr viskini yo‘q qildi va olovli tornado keltirib chiqardi

AQShning Kentukki shtatida faoliyat yuritayotgan spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi fabrikaning omborxonasini yashin urdi. Buning natijasida omborxonada yong‘in kelib chiqib, 3 mln litr viski olovda yo‘q bo‘lib ketdi.

Yonayotgan spirtli ichimlikning bir qismi yaqin oradagi suv havzasiga oqib ketdi, deb xabar beradi TASS. Buning natijasida suv yuzasi olovlandi, kuchli shamol esa olovli tornadoning kelib chiqishiga olib keldi.

Shunga qaramay, yong‘inni tezda o‘chirish va olov maydonining kengayib ketishining oldini olishga muvaffaq bo‘lindi. Ammo suv havzasida juda ko‘p baliq halok bo‘ldi.

Endilikda fabrika mahalliy hokimiyatga yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish uchun 27 ming dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish