17:50 / 07.09.2015
2582

“Gazprom” Xitoy uchun neft narxini qayta ko‘rib chiqmoqchi

“Gazprom” neft bozorining arzonlashib borayotgani sababli Xitoyga xom ashyo yetkazib berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqmoqchi. Bu yerda gap sharqiy yo‘nalishda yetkzib berilayotgan yonilg‘i narxlarini arzonlashtirish to‘g‘risida ketmoqda. Bu haqda “Gazprom Eksport” bosh direktori Yelena Burmistrova ma'lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Burmistrovaning ta'kidlashicha, ayni paytda narx borasida ham muzokaralar olib borilib, turli takliflar ilgari surilmoqda. Bunda bir barrel xom ashyo uchun 50 dollarlik narxda shartnoma tuzish zarar keltirmaydi. Mazkur shartnomalar yonilg‘iga bo‘lgan talab o‘sib borayotgan mamlakat bilan 30 yil muddatga imzolanmoqda.

Top