“O‘zbek jang san'ati” Butunjahon kurash san'ati festivalida eng yaxshi deb topildi
O‘zbekiston vakillari Butunjahon kurash san'ati festivalida Koreya va Xitoyni ortda qoldirib, bosh sovrin – festival Gran-prisini qo‘lga kiritdilar.
O‘zbekistonlik sportchilar hakamlar hay'atining eng yuqori baholari va xalqaro ekspertlarning ijobiy fikrlarini oldilar.
Hammasi bo‘lib festivalda 30 dan ko‘proq davlat vakillari ishtirok etdi.
O‘zbek jang san'ati butun dunyoda jadallik bilan ommalashmoqda. Hozirda Filippin, Rossiya, Koreya, Hindiston, Myanma, Kamboja vakillari bilan ushbu davlatlarda sport seksiyalarini, keyinroq esa o‘zbek jang san'ati federatsiyalarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Shuningdek, ushbu jang san'atining Toshkentda qarorgohga ega xalqaro tashkilotini ochish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Sharq yakkakurashlari va jang san'atini rivojlantirish markazi axborot xizmati.