Jamiyat | 14:02 / 07.09.2015
2637
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilning 8 oyi davomida 70 ming 563 nafar faxriylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi doirasida 2015 yilning 8 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 oyi davomida 70 ming 563 nafar urush nogironi, qatnashchilari hamda mehnat fronti faxriylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 35 ming 367 nafari (50,1 foizi) ambulator sharoitda, 6 ming 340 nafari (9,0 foizi) statsionarda, 22 ming 512 nafari (31,9 foizi) uydagi statsionarda sog‘lomlashtirildi, 6 ming 344 nafariga sanatoriyalarga tavsiya berildi.

Dasturning sog‘liqni saqlash sohasiga tegishli bo‘limi bo‘yicha 2015 yilda jami 139,6 milliard so‘m va 29,7 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hisobot davrida 66,1 milliard so‘m (47,3 foiz) va 5,5 million AQSh dollari (18,5 foiz) mablag‘ o‘zlashtirildi.