Jamiyat | 15:38 / 07.09.2015
2640
1 daqiqa o‘qiladi

34 foiz rossiyaliklar hech qachon Moskvada bo‘lmagani aniqlandi

Sotsiologlar rossiyaliklarning mamlakat poytaxti Moskva shahriga qanchalik tez-tez borishini hisoblab chiqishdi. Umumrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi saytida xabar qilinishicha, “Mamlakatning boshqa hududlarida yashovchi uchdan ikki qism (65 foiz) fuqarolar poytaxtni umri davomida bir marta bo‘lsa ham ko‘rgan”. Jumladan, 26 foiz Rossiya aholisi Moskvaga so‘nggi to‘rt yil ichida borgan.

Yana 18 foiz respondentlar poytaxtga 5-15 yil avval mehmon bo‘lgan. So‘rovnoma ishtirokchilarining 10 foizi Moskvani 16-25 yil muqaddam o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganini ma'lum qilishgan. 11 foiz rossiyaliklarning esa Moskvaga bormaganiga 25 yildan oshgan.

34 foiz fuqarolar Moskva shahrini umrida ko‘rmagan. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkich 32 foizni tashkil etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish