O‘zbekiston | 22:45 / 07.09.2015
21135
1 daqiqa o‘qiladi
Andijonda zo‘rlangan ayol o‘zini 4-qavatdan tashlab yubordi
Andijonda zo‘rlangan ayol o‘zini 4-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi yozmoqda.
Javobgar Durbek Mamatov shahardagi Akademik litseyda dars berib, shu atrofda uy ijaraga olib yashardi. Bir kuni uning uyiga do‘sti Odilbek Farida ismli ayol bilan mehmonga keldi. Do‘stlar ancha vaqt birga o‘tirib, aroq ichishdi.
Farida uyqusi kelganini aytganidan foydalanib mast bo‘lgan Mamatov uni “joy” ko‘rsatish bahonasida yotoqxonaga olib kiradi va u yerda zo‘rladi.
Bunga chiday olmagan ayol o‘zini uy derazadan, 4-qavatdan tashlab yubordi.
Andijon shahar sudi ushbu ishda Mamatovni aybdor deb topib, tegishli jazoni tayinladi.