«Arsenal» muxlisi uzoq vaqt davomida FIFA 15 simulyatorini o‘ynab, Ginness rekordini qayd etdi
Londonning «Arsenal» klubi muxlisi Kris Kuk 47 soat 19 daqiqa 41 soniya davomida uzluksiz ravishda FIFA 15 simulyatorini o‘ynab Ginness rekordlari kitobidan joy oldi. Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar tarqatdi.
«Ko‘zim shikastlangani yo‘q, ammo aytishim mumkinki, bu oson bo‘lmadi. Agar kelajakda kimdir mazkur rekordni yangilasa, uni yana qaytadan o‘zimniki qilib olish uchun urinib ko‘rishimga ko‘zim yetmayapti», — deydi Kuk.
Britaniyalik muxlis shuningdek, 1993 yildan buyon chiqqan barcha FIFA simulyatorlarini o‘ynab kelganini ta'kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yoshligida qachondir, uzluksiz muddat davomida qancha vaqt o‘ynay olishini sinovdan o‘tkazishni niyat qilib qo‘ygandi.
34 yoshli muxlis kanadalik Jordan Blumen va Skott Uinder tomonidan 2012 yilning avgust oyida o‘rnatilgan 47 soat 5 daqiqa uzluksiz o‘yin vaqti rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan.