17:00 / 07.09.2015
1882

"Arsenal" muxlislari Koklenni avgust oyining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tan olishdi

"Arsenal" jamoasining yosh yarimhimoyachisi Frensis Koklen jamoa muxlislari tomonidan avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda "kanonirlar"ning rasmiy saytida xabar qilingan.

Avgust oyida jamoa bilan 5ta o‘yinda maydonga tushgan Koklenga muxlislarning 23 foizi ovoz bergan. Bu borada ikkinchi o‘rinni esa darvozabon Petr Chex va boshqa bir yosh yarim himoyasi Aleks Okslend-Chemberlen bir xilda 21,3 foizdan ovoz olgan holda egallashgan.

Ma'lumot uchun, Koklen o‘tgan mavsumni ijara asosida "Charlton" jamoasida o‘tkazgan, yangi mavsumda esa jamoada yetakchilardan biriga aylandi.

Top