Yevropa Ittifoqi Ukraina bilan viza tartibining bekor qilinishining oxirgi shartini aytib o‘tdi
Ukraina bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida vizasiz tartib Ukrainada antikorruptsion siyosatning samarali dasturi amalga oshirilgandan keyin kiritiladi. Bu haqda YeIning Ukrainadagi vakolatxonasi vakili Yan Tombinskiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda MigNews nashri.
“Biz Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar, Ukrainada adliya va huquqni himoya qilish tarmog‘ini qayta shakllantirishga yordam berayotgan Yevropa missiyasi hamda bizga antikorruptsion siyosatnining barcha zarur jihatlarini yaratishda ko‘maklashayotgan Yevropa kengashi bilan birga ishlamoqdamiz. Chunki ular ham Ukraina va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi vizasiz tartib imkoniyatlarini yaratish uchun bizga zarur va uni yodda tutish kerak”, deb Tombinskiyning so‘zlarini keltirmoqda nashr.
Kiyev 2016 yil boshida YeI bilan vizasiz tartib o‘rnatilishiga umid bildirmoqda, biroq bundan avval u Yevropaning bir qator shartlarini bajarishi kerak.
Avvalroq Yevropa Ukrainaga chegaralarda pasport nazorati tizimini takomillashtirish va biometrik ID-kart ko‘rinishidagi Yevropa namunasidagi ichki pasportlarni kiritish talablarini qo‘ydi. Ukraina hali bunday hujjatlarni berishni boshlamadi.