Sport | 15:04 / 07.09.2015
2145
1 daqiqa o‘qiladi

Feliks Magat: «Bavariya» keyingi 10 yil davomida uzluksiz ravishda Germaniya chempioni bo‘ladi

"Bavariya" jamoasining sobiq bosh murabbiylaridan biri Feliks Magat ayni damda bundesligada myunxenliklarga teng keladigan raqobatchi yo‘qligi va ularning gegemonligi kelgusida ham davom etishi haqida fikr bildirdi.

"Agar jamoa Yevropa maydonlarida ham yaxshi natijalarga erishishni istasa, bundesligada nimadir o‘zgarishi kerak. Biz tan olishimiz kerakki, ayni vaqtda ichki chempionat doirasida ularning tengi yo‘q.
"Bavariya"ni quvib o‘tishning iloji bo‘lmay qoldi. Bu jamoa keyingi 10 yil davomida ham Germaniya chempioni bo‘laveradi", deydi Magat Sport1 nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Magat 2004-2007 yillar mobaynida "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida ishlagan, shundan keyin "Volfsburg" va "Shalke" jamoalarini boshqargandi. Uning oxirgi ish joyi Angliyaning "Fulhem" jamoasi bo‘lib turibdi.