Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Globo Esporte: «Real» yozda Ronalduni 150 mln yevro evaziga «PSJ»ga sotmadi
«PSJ» klubi yozgi transfer paytida «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishga harakat qilgani ma'lum bo‘ldi.
Globo Esporte nashri ma'lumotiga ko‘ra, parijliklar 30 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 150 million yevro taklif qilishgan, ammo "Real" rahbariyati darhol rad javobini bergan.
"PSJ" yozgi transferlar vaqtida Ronaldu bo‘yicha aniq taklif bilan chiqqan yagona jamoa bo‘lgan. Shu bilan birgalikda, futbolchi keyingi yozda o‘z jamoasini o‘zgartirish ehtimoli yo‘q emasligi aytilgan.
Avvalroq, "Real" "PSJ"ning Ronaldu bo‘yicha 120 million yevrodan iborat taklifini rad qilgani haqida ma'lumot tarqatilgandi.