12:05 / 07.09.2015
2792

Hindiston janubida chaqmoq urishidan 23 kishi vafot etdi

Hindiston janubida 23 kishi chaqmoq urishidan vafot etdi. Bu haqda mahalliy hukumat xabariga asoslangan holda Deccan Chronicle nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida halok bo‘lganlarning katta qismi qishloq aholisi bo‘lib, ular kuchli yomg‘ir paytida dalalarda ishlayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, tabiiy ofat kriket bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi uchrashuvning to‘xtatilishiga ham sabab bo‘lgan. O‘yin vaqtida station yaqinidagi daraxtga chaqmoq urilgan.

Top