Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:16 / 07.09.2015
2201
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniyada muhojirlar bilan to‘qnashuvlarda 5 nafar politsiyachi jarohatlandi
Ispaniyaning Valensiya shahrida muhojirlar uchun lagerdagi to‘qnashuvlarda 5 nafar politsiyachi jarohat oldi, deb ma'lum qilmoqda mahalliy OAVlar.
40 dan ortiq muhojir to‘polon ko‘tardi va qochib ketmoqchi bo‘ldi. Ular politsiyaga qarata tayoq va toshlar otganlari aytilmoqda.
Tartibbuzarlar muhojirlar markazini yoqib yuborishmoqchi bo‘ldi.
Politsiya ularni tinchlantirish uchun rezina o‘qlar otishga va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llashga to‘g‘ri keldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish