Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyerom Boateng Shvaynshtayger «MYu»ni «Bavariya»dan ustun qo‘yishiga ishonmasligini bildirdi
Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Jyerom Boateng jamoa sobiq yarimhimoyachisi, mavsumlar oralig‘ida Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi safiga o‘tib ketgan Bastian Shvaynshtaygerning, matbuotda e'lon qilingan «Manchester Yunayted» — «Bavariya»ga qaraganda buyukroq klub», degan gapiga izoh berib o‘tdi.
«Men bu gapni aynan shu ma'noni anglatadi, deb o‘ylamayman. Menimcha Bastian bu o‘rinda ikkala jamoaning jahon miqyosidagi tutgan o‘rnini nazarda tutgan. «Manchester Yunayted» tez-tez AQShga borib turadi. Menimcha aynan shu sababdan u yerda jamoani yaxshi bilishadi. «Bavariya» esa endi bu mamlakatga borishni boshladi», — deya Boatengning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kicker.