O‘zbekiston | 10:38 / 07.09.2015
3156
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda yiliga 1 mln tonna portlansement ishlab chiqariladi

O‘zbekiston hukumati qarori bilan Jizzax viloyatidagi sement zavodini kengaytirish loyihasi tasdiqlandi. Loyihaning umumiy qiymati 35.7 mln dollarni tashkil qiladi.
Loyiha Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining portlandsement ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatini yiligi 1 mln tonnaga yetkazishni ko‘zda tutadi.

Bugungi kunda bu ko‘rsatkich 760 ming tonnaga teng.
Qurilish va montaj ishlari, jami 29 mln so‘mlik ishlar Turkiyaning Dal Teknik Makina Ticaret ve Sanayi A.S. kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha O‘zbekiston rekonstruksiya va rivojlantirish fondi krediti (14 mln dollar), kombinatning o‘z mablag‘lari (9 mln dollar) va “Ipoteka-bank” krediti (12.8 mln dollar) hisobidan moliyalashtiriladi.
Obekt 2016 yil sentabrida foydalanishga topshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish