Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jorjye Jyezush: “Gazprom” YeChLdagi qarorlarga, jumladan “Sporting” va “TsSKA” tanlovi borasidagi qarorga ta'sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin”
Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida musobaqaning guruh bosqichiga chiqish uchun kurashda Moskvaning “TsSKA” klubiga imkoniyatni boy bergan Lissabonning “Sporting” klubi bosh murabbiyi Jorjye Jyezush Chempionlar Ligasi homiysi “Gazprom” musobaqaning keyingi bosqichida portugal jamoasini emas, balki TsSKAni ko‘rishni istagani va buning amalga oshishida o‘z ta'sirini o‘tkazgani ehtimoli mavjudligi haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
-"Sporting” Chempionlar Ligasida deyarli ikki marta ketma-ket hakamlar xatolari qurboni bo‘ldi. Dastlab o‘tgan yilda “Gazprom” homiylik qiladigan “Shalke” bilan bo‘lgan xato. Mana endi, TsSKA bilan”, deydi Jyezush.
- Siz “Sporting”ga nisbatan yevrokuboklarda bunday noxolis munosabatni Doyen jamg‘armasi va boshqa agentliklar bilan bog‘liq muammolar bilan bog‘lamaysizmi?”
- Chempionlar Ligasidagi sport siyosati katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. U qabul qilingan ko‘p qarorlar bilan umumiy jihatga ega. Chempionlar Ligasining asosiy homiysi Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi hisoblanadi. Shuning uchun “Sporting” bilan TsSKA o‘rtasidagi tanlov... Doyen’ga kelsak, ularning bunga daxli yo‘q!. Ligaga “Gazprom” homiylik qiladi. Siyosiy nuqtai nazardan ular u yoki bu qarorning qabul qilinishida ta'sir o‘tkazishlari mumkin”.
- Ya'ni, siz “Sporting”ning musobaqadan chiqib ketishi, TsSKA esa Chempionlar Ligasida o‘ynashda davom etishi borasida qaror qabul qilingan demoqchimisiz?
- Ularga hattoki bu fikrni uqdirish ham kerak emas. Bu aslida ham shunday. O‘yinga ketayotganingda allaqachon oldindan nima qilishni bilasan”, deb o‘z so‘zini yakunladi Jyezush.
Eslatib o‘tamiz, “TsSKA” Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida (1:2, 3:1) “Sporting”ni mag‘lub etib, musobaqaning guruh bosqichiga yo‘l olgan edi.