Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika hukumati 2014 yilda izsiz yo‘qolgan 43 talabani qidirishni qaytadan boshlaydi
Meksika hukumati 2014 yilning sentabr oyida 43 nafar talabaning bedarak yo‘qolgani yuzasidan yangi tergov ishini olib boradi. Bu haqda Reuters agentligi mamlakat bosh prokurori Areli Gomes bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Amerika davlatlari komissiyasi ekspertlaridan iborat xalqaro mustaqil guruh buncha miqdordagi jasadlarni yoqib yuborish imkonsiz, degan xulosaga kelgan. Komissiya ma'lumotlarga ko‘ra, buning uchun jinoyatchilarga 30 tonna yog‘och, 13 tonna avtomobil shinalari va sezilarli darajada ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.
Gomesning ma'lumotiga ko‘ra, yangi tergov-surishtiruv ishlari oliy toifadagi sud-tibbiyot mutaxassislari jalb etilgan holda olib boriladi. Bosh prokurorning ta'kidlashicha, hukumat tergov ishlarini davom ettirish uchun ekspertlarning mamlakatda qolish muddatlarini uzaytirishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning sentabr oyida talabalar namoyishiga politsiya va bosqinchilar to‘dalari hujum qilganida 43 nafar talaba izsiz g‘oyib bo‘lgan edi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, ular o‘ldirilib, jasadlari Meksikaning Kokola tumanida yoqib yuborilgan.