Jahon | 19:59 / 07.09.2015
3361
1 daqiqa o‘qiladi

Misr qishloq xo‘jaligi vaziri hibsga olindi

Misr huquq-tartibot muassasalari mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Saloh Hilolni hibsga oldilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Hilol korrupsiyada gumon qilinmoqda. Bundan bir necha soat avval mamlakat prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy vazirning iste'fosini qabul qilgan edi.