Jahon | 09:34 / 07.09.2015
6226
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarzoda Dushanbedagi qurolli to‘qnashuvlarga aloqadorligini inkor qildi

Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general-mayor Abduhalim Nazarzoda Dushanbe va Vahdat shaharlarida uyushtirilgan qurolli hujumlarga aloqadorligini inkor qilmoqda. Uning murojaati ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi.

“General Nazarzodaning murojaatiga ko‘ra, hukumatning o‘zi bir qancha militsiya bo‘linmalariga hujum tashkillashtirib, bunda Birlashgan tojik muxolifati qo‘mondonlarini ayblagan. Hukumat, shu bilan birga, hujum uyushtirilgan joylarga o‘ldirilgan qo‘mondonlarning tanalarini tashlab, ular qurolli to‘qnashuv chog‘ida yo‘q qilinganini e'lon qilishmoqchi bo‘lgan.

Buni ular faqat Vahdatda uddalagan, chunki u yerga hujumni Tojikiston maxsus xizmatlari uyushtirgan”, - deyiladi muxolifat portalida.
Nazarzodaning ta'kidlashicha, muxolifat vakillari Tojikiston islom uyg‘onishi partiyasining yo‘q qilishiga qo‘shilmagani bois mana shunday qatag‘onlarga uchragan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish