Sport | 11:59 / 07.09.2015
2111
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sportchilari Janubiy Koreyadagi yakkakurashlar festivalida Gran-pri sohibiga aylandi

O‘zbekiston sportchilari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro jang san'atlari festivalida Gran-pri sohibiga aylandi. O‘zbek jang san'ati ustalari tadbir mehmonlari bo‘lgan koreyalik sportchilardan o‘tib ketib, birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Festival doirasida O‘zbek jang san'ati federatsiyasi asoschisi va rahbari Po‘lat Usmonov Filippin, Rossiya, Koreya, Hindiston, Myanma va Kambodja vakillari uchun amaliy seminar o‘tkazib, unda o‘zbek jang san'ati sirlarini ko‘rsatib berdilar. O‘zbekiston Sharq yakkakurashlari va jang san'atlarini rivojlantirish markazining xabar berishicha, boshqa mamlakatda ushbu sport turi bo‘yicha seksiyalar va federatsiyalar ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Federatsiya yaqin kelajakda shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashadigan xalqar struktura yaratishni rejalashtirmoqda.
Federatsiyaning 6 yillik davomida respublikada ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchi 40 ming mutaxassis yetishtirib chiqarildi. Ularning yarimini xotin-qizlar tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish