O‘zbekiston | 11:35 / 07.09.2015
3130
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston voyaga yetgan aholisining 20.2 foizi ortiqcha vaznga ega
O‘zbekiston voyaga yetgan aholisining 67.2 foizi Sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilab bergan me'yordan past miqdorda meva va sabzavot iste'mol qiladi, 37 foizi tuzi me'yoridan ko‘p bo‘lgan ovqat tanovul qiladi, 16.4 foizi esa kam jismoniy harakat qiladi.
Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tkazgan tadqiqotda aytildi.
Aytilishicha, aholining 20.2 foizi ortiqcha vaznga ega, 33.9 foiz odamda yuqori arterial bosim bor.