O‘zbekiston | 20:07 / 07.09.2015
4386
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ishga joylashtirish birlashgan idoralari tashkil etilishi e'lon qilindi

Toshkentda va Sirdaryo viloyatida 2015-2016 yillarda ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi dastlabki birlashgan idoralar ochiladi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Jahon banki bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Bu idoralar aholini joylarda ish bilan ta'minlash samaradorligini oshirishi kutilmoqda.
2015-2016 yillarda Toshkent va Sirdaryo viloyatida ikkita dastlabki idoralar ochiladi. So‘ngra shunday idoralar mamlakatning barcha viloyatlarida paydo bo‘ladi.

Hozir Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi joylardagi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalari faoliyatini optimallashtirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqda. Bu takliflarni info.mehnat.uz elektron adresiga yuborish mumkin.