O‘zbekiston | 12:53 / 07.09.2015
17330
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yozgi ob-havo qaytishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda Toshkentda kunduz kuni issiq ob-havo 35 darajaga qadar ko‘tarilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmat markazining xabar berishicha, 9-11 sentabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havoning isishi kuzatiladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent va boshqa viloyatlarda esa kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda kechki ob-havo 10-15 darajani tashkil etsa, kunduzi 20-25 darajali ob-havo hukm suradi.