O‘zbekiston | 16:04 / 07.09.2015
2699
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 6 ixtisoslashtirilgan tibbiy markazi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi

O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan 6 ixtisoslashtirilgan tibbiy markazi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Bunday tibbiyot muassasalari qatorida Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikrojarrohligi markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi.

“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq AJ ustav fondining minimal hajmi Markaziy bank kursi bo‘yicha 400 ming dollarga teng summadan iborat bo‘lishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish