Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Markaziy klinik shifoxonada davolanishni ma'qul ko‘rishini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lsa, hamisha Markaziy klinik shifoxonaga murojaat qilishini aytdi. Bu haqda Putin “Rossiya 24” telekanalida efirga uzatilgan “Umumrossiya xalq fronti”ning “Sifatli va hammabop tibbiyot uchun!” deb nomlangan anjumani yig‘ilishida ma'lum qildi.
“Men davolanishni emas, sport bilan shug‘ullanishni afzal ko‘raman. Agar sog‘lig‘imda qandaydir muammo tug‘ilsa, unda to‘g‘ri Markaziy klinik shifoxonaga murojaat qilaman. Bu azaldan odat bo‘lib qolgan – barcha tegishli davlat majburiyatlarini bajaradigan odamlar u yerda davolanadilar”, deb aytdi Putin.
Avvalroq Putin rossiyalik amaldorlarning xorijda davolanish muammolarini xorijda bank hisob raqamlariga ega bo‘lishdek gap ekanligini aytgan edi.