O‘zbekiston | 22:36 / 07.09.2015
10774
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda erkaklar o‘rtasidagi mushtlashuv ikki kishining o‘limi bilan yakunlandi

Qashqadaryolik Aktam Qayumov 2 kishini o‘ldirishda ayblanib 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Aktam Qayumov yuk mashinasi haydovchisi N. G‘aniyevning qo‘lida yordamchi bo‘lib ishlagan. Bir kuni u ustozining o‘g‘illari Ziyodulla va Jamshid bilan bir davrada o‘tirib qoldi. Davraga yigitlarning do‘stlari qo‘shildi. Davra ancha kengayib, dasturxonda spirtli ichimliklar ko‘payib ketgach, do‘stlar aqlini yo‘qota boshladi.

Arzimagan sabab bilan kelib chiqqan janjal mushtlashuvga o‘tib ketgan. Ziyodulla janjalni bir amallab tinchitib, do‘stlarini uy-uylariga tarqatib yuborgan. Lekin o‘zidan yosh yigitlardan tayoq yeganiga chiday olmagan Aktam Qayumov alamini chiqarish uchun u bilan mushtlashgan ikki bolani holi joyga chaqirib, mushtlashuvni davom ettirgan. Mushtlashuvda og‘ir jarohatlar olgan yigitlar shifoxonada o‘ziga kelmay olamdan o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish