O‘zbekiston | 22:31 / 07.09.2015
2703
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryolik firibgar ikki kishining mashinasini sotib yuborib, pullarini ishlatib yuborganlikda ayblandi

Qashqadaryolik firibgar ikki kishining mashinasini sotib yuborib, pullarini ishlatib yuborganlikda ayblandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Asli qashqadaryolik bo‘lgan 30 yoshli Sodiq Pirmatov firibgarlik uchun muqaddam sudlangan va majburiy mehnatga tortilgan edi. Jazoni o‘tab bo‘lgach, u Toshkentga kelib, mashina bozorida “faoliyat” boshladi. Dastlab yangi orttirgan tanishlaridan birining Lacetti mashinasini 18 ming dollarga, yana bir shaxsning Nexia avtomobilini 38 mln so‘mga sotib yuborib, bu pullarni ishlatib yubordi. Mashina egalariga esa ulovlarni o‘zi sotib olganini va bir yil davomida pullarni to‘lab borishini aytdi.
Mashina egalari pul qaytarilishini bir yil kutishdi, natija bo‘lmagach, militsiyaga murojaat qilishdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida firibgar jazoga tortilib, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar undirib berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish