Jahon | 11:13 / 07.09.2015
5283
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarasidagi nazoratni kuchaytirmoqda
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarasidagi nazoratni kuchaytirdi. Bunga Tojikistondagi vaziyatning keskinlashuvi sabab bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Qirg‘iziston chegara xizmati matbuot xizmati rahbari Gulmira Bo‘ruboyevaning aytishicha, Tojikiston bilan chegaralarda xavfsizlikni ta'minlash uchun kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, chegara yaqiniga joylashtirilgan harbiy garnizon kuchli tayyorlik rejimiga o‘tkazilgan.
Qo‘shimcha chegara naryadlari ishga jalb qilingan, ikki tomonlama operativ axborot almashish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, barcha nazorat o‘tkazish punktlari eski rejimda ishlashda davom etmoqda.