Sport | 14:33 / 07.09.2015
4619
1 daqiqa o‘qiladi
"Real" o‘z tarkibiga "yangi Messi"ni qo‘shib olmoqchi
"Independent" jamoasining yosh a'zosi Lukas Patanelli "Real Madrid" skautlari nazariga tushib qoldi. Bu haqda Libero nashri xabar bergan.
"Klub 15 yoshli iste'dodli futbolchini 2 yildan buyon kuzatib kelmoqda, natija esa - a'lo! Shu boisdan Argentinada "yangi Messi" deb atalayotgan futbolchini "blankoslar" qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. Lukas universal futbolchi bo‘lib, hujumchi, vinger va pleymeykerlik nuqtalarida to‘p sura oladi", deyiladi xabarda.