Jahon | 21:24 / 07.09.2015
3782
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bosh vaziri “barcha frontlar” bo‘yicha tejamkorlikni talab qilmoqda

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev “barcha frontlar” bo‘yicha byudjyet mablag‘larini tejashni hamda 2016 yilga haqiqatga yaqin byudjyet tuzishni talab qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Hukumatning vazifasi hozirda ega bo‘lgan iqtisodiy imkoniyatlarimizga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy siyosatni yurgazishdan iborat”, deb aytdi Medvedev.
Medvedev hukumatda Rossiya iqtisodiyoti o‘z tubiga yotgani yoki yo‘qligi borasida muzokaralar davom etayotgani hamda Rossiya iqtisodiyotining yana o‘z holiga qaytishi bo‘yicha prognozlar muhokama qilinayotganini qayd qilib o‘tdi.

“Kelishganimizdek keyingi yilga haqiqatga mos byudjyet tuzish kerak. Byudjyet xarajatlarining samaradorligini maksimal oshirish,m ablag‘larni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tejash kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi Medvedev.

Bosh vazir yalpi tejamkorlikka qaramasdan, “oxirgi yillarda erilishgan barcha asosiy narsalarni” saqlab qolish uchun ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish hajmlarining “zaruriy darajada” saqlab qolinishini talab qildi.