Jahon | 23:55 / 07.09.2015
3831
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada mansabdor shaxslar 2,5 mln rubldan qimmatroq mashinalarda yurishlari taqiqlandi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mansabdor shaxslarga narxi 2,5 mln rubldan qimmatroq, quvvati 200 ot kuchidan ortiqroq mashinalardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi, deb aytilmoqda 7 sentabrda chop etilgan hukumatning 927-sonli qarorida

Hujjatda taqiqlov 2016 yildan kuchga kirishi aytilgan. Medvedev Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan tegishli hujjatni 2 sentabrda imzolagan edi.
Yengil avtomobillardan tashqari smartfonlar uchun ham cheklovchi narx belgilandi.
Endilikda tashkilotlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari 15 ming rubldan qimmatroq smartfonlar tuta olishmaydi.

Xabarda, shuningdek, qimmatbaho, teridan ishlangan mebellardan faqatgina yuqori bo‘g‘indagi mansabdor shaxslargina foydalana olishlari mumkinligi ta'kidlab o‘tilgan.
Shuningdek, taqiqlov kiritilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar orasida kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, printerlar, yuk mashinalari va avtobuslar ham sanab o‘tilgan bo‘lib, ularga shartlar federal davlat muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish