Jahon | 14:19 / 07.09.2015
2838
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik telejurnalistlar Kishinyovga kiritilmadi

Moldaviya poytaxti Kishinyov shahridagi aeroportda Life News telekanalining tasvirga olish guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda telekanal saytida ma'lum qilingan.

Moldaviya poytaxtiga kiritilmagan jurnalistlardan biri Aleksey Kazannikovning guvohlik berishicha, undan reportaj muhrlangan xotira kartasi va pasporti ham olib qo‘yilgan.

Ayni vaqtda bu jurnalistlar Moskvaga qaytib uchib ketishni kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kuni Kishinyovda hukumatga qarshi o‘tkazilayotgan mitingda 100 ming kishi to‘plandi.
Miting “Adolat va g‘urur” tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad prezident Nikolaye Timoftining iste'fosiga erishish va navbatdan tashqari parlament saylovlarini 2016 yil martiga ko‘chirish hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish