Jahon | 00:08 / 07.09.2015
3428
1 daqiqa o‘qiladi

Stokgolmda qochqinlarni qo‘llab-quvvatlovchi bir necha ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi

Stokgolmda irqchilikqa qarshi va qochqinlarni qo‘llab-quvvatlovchi oxirgi yillardagi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi. Shaharning janubiy qismidagi Medboryarplatsen maydonida yomg‘ir yog‘ayotganiga qaramasdan, 6 mingdan ko‘proq odam to‘plandi.

Namoyishni Atrof-muhitni muhofaza qilish yoshlar qanoti tashkil etdi. Ularning bu tashabbusini qirollikda qochqinlarni qabul qilish hajmini qisqartirish tashabbusi bilan chiqayotgan “Shved demokratlari” partiyasidan boshqa barcha parlament partiyalaridagi hamkasblari qo‘llab-quvvatlashdi.

Namoyishchilar orasida bosh vazir Stefan Leven ham bo‘ldi. “Millionlab odamlar urush va vahshiyona terrordan qochmoqdalar. Ular men yoki sen kabi odamlar. Biz Yevropani qanday ko‘rishni istashimizni hal qilish vaqti keldi. Mening Yevropam qochqinlarni qabul qilmoqda. Mening Yevropam devor qurmayapti”, deb ta'kidlab o‘tdi Leven.