Iqtisodiyot | 23:22 / 07.09.2015
5263
1 daqiqa o‘qiladi

Tijoriy ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish uchun eng jozibador shahar nomi aytildi

O‘tgan yili tijoriy ko‘chmas mulkiga kiritilgan investitsiya hajmining yirikligi bo‘yicha yuqori 100 ta shaharlar ro‘yxatini Nyu-York shahri egalladi, deb xabar bermoqda Cushman & Wakefield kompaniyasi. 

“Aynan shu shahar dunyo kapitalining eng katta ulushi – 50 mlrd dollarni jalb qildi”, deb aytilmoqda kompaniya matbuot bayonotida.

2-o‘rinni London egalladi. Shaharning tijoriy ko‘chmas mulkiga 38 mlrd dollar kiritilgan bo‘lib, bu mablag‘lardan 10 foizi ko‘pfunksional majmuani sotib olish bo‘yicha eng yirik kelishuv bo‘ldi.

3-o‘rinni Los-Anjyeles egalladi, bu yerga 22 mlrd dollar investitsiya qilingan.
Moskva shahri ushbu ro‘yxatdan 18-o‘rinni egallab, uning tijoriy ko‘chmas mulkiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish