Jamiyat | 13:44 / 07.09.2015
3556
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikiston va Rossiyaning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarida uchuvchisiz samolyotlar ishtirok etmoqda
Tojikiston va Rossiya harbiy havo kuchlarining Dushanbedan 40 km janubda o‘tkazayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarida "Leyer-2" va "Granat-1" uchuvchisiz apparatlari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Yaroslav Roshchupkinning so‘zlariga tayangan holda yozmoqda.
Polkovnikning ta'kidlashicha, dronlar tog‘ sharoitida havodan optik va radioelektron razvedkani amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Harbiy mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad – tog‘li hududlarda jinoiy guruhlarga qarshi kurashda qo‘shma xatti-harakatlar mexanizmini ishlab chiqish.