O‘zbekiston | 23:14 / 07.09.2015
5745
1 daqiqa o‘qiladi

“Shedevr Garden” MChJ direktori 1.5 mlrd so‘m miqdoridagi jinoiy pullarni legallashtirishda ayblanib sud qilindi

Toshkentda 1.5 mlrd so‘m miqdoridagi jinoiy pullarni legallashtirishda ayblangan MChJ direktori qamaldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Sobir Qodirov 2012 yil aprelida “Shedevr Garden” MChJga direktor etib tayinlangan. Shu davrdan boshlab qariyb uch yil davomida u kompaniyada noqonuniy moliyaviy ishlarni olib borgan.

Jumladan, MChJ ijaraga olgan restoran baridan kirim qilinmagan va sifat sertifikati bo‘lmagan umumiy qiymati 5 mln so‘mdan ortiq 30 turdagi 1 200 don spirtli ichimlik va boshqa mahsulotlar sotilgan.

MChJ faoliyati bo‘yicha tekshiruvda aniqlanishicha, Qodirov boshqa yo‘llar bilan noqonuniy pul topib borgan. Bu pullarni legallashtirish maqsadida “Inlet Protekt” MChJga tegishli ushbu restoran 1 mlrd 531 mln so‘mga xarid qilingan.

Qodirov va unga yordam bergan bir qancha sheriklariga sud tomonidan jazo tayinlandi.