Jahon | 20:37 / 07.09.2015
4456
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada jangarilar hujumi oqibatida 16 turk askari halok bo‘ldi

Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari Turkiya armiyasining zirhli texnikasi kolonnasiga uyushtirgan hujumi oqibatida 16 nafar turk askari halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Turkiya hukumati jangarilar Xakkariy viloyatida kolonnaga hujum qilishda portlovchi qurilmalardan foydalanganlarini tasdiqladi.

Jangarilar hujumidan keyin turk harbiylari Kurdiston ishchi partiyasining 23 ta joylashgan o‘rniga aviazarbalar berdi.

Turk armiyasida portlashlar oqibatida yana 6 kishi jarohat olgani, biroq ulardan hech qaysi birining ahvoli og‘ir emasligi ta'kidlab o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish