Jahon | 07:31 / 07.09.2015
3652
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada jangarilar zirhli texnika kolonnasiga hujum uyushtirdi

Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari Turkiyaning janubi-sharqida zirhli texnika kolonnasiga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 15 nafar turk askarini o‘ldirganlarini ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qurbonlar soni hozircha Turkiya hukumati tomonidan rasman tasdiqlanmadi, biroq mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an televizion murojaatida hujum haqiqatda bo‘lganini tasdiqladi. Hujum Turkiyaning Eron va Iroq bilan chegarasi yaqinidagi Xakkari viloyatida sodir etilgan.

Avvalroq Turkiyaning Diyorbakir shahrida noma'lumlar tomonidan granatomyotdan ochilgan otishmada 2 nafar politsiya xodimi halok bo‘lgani va yana 3 nafari yaralangani ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish