Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada kelishilgan o‘yinlar o‘tkazishda aybdor deb topilganlarga 5 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin
Ukrainada kelishilgan futbol uchrashuvlarini o‘tkazishda aybdor deb topilganlar 2,5 mln. grivna miqdorida (taxminan 100 ming yevro) jarima to‘laydi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi tekshiruv xizmati rahbari Andrey Madzyanovskiy ma'lum qilgan.
«Mazkur summa u qadar katta bo‘lmasligi mumkin, lekin bu doiradagi jinoyatlar ichida bu mablag‘ yaxshigina katta hisoblanadi.
Yangi qonunga ko‘ra, bu kabi holatlar jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi va ayblanuvchilar 2 yildan 5 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin», – deya Madzyanovskiy «Profutbol» ko‘rsatuvida aytgan so‘zlaridan iqtibos keltiradi TSN nashri.
Eslatib o‘tamiz, yozda UFF prezidenti Andrey Pavelko deputat hamkasbi Andrey Kojyemyakinbilan birgalikda Oliy Radaga «Rasmiy sport musobaqalarida korruptsion huquqbuzarliklarni oldini olish to‘g‘risida»gi Qaror loyihasini kiritgandi.