Jahon | 16:18 / 07.09.2015
2269
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriya bosh vaziri Turkiyaga qochqinlar muammosini bartaraf etish uchun moddiy yordam berishga chaqirdi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi muhojirlar masalasida Turkiya singari mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishi zarurligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Orban YeI mamlakatlari birinchi navbatda tashqi chegaralarini mustahkamlashi, ayni shu vaqtda, muhojirlar oqimini a'zo davlatlar bo‘yicha teng taqsimlash masalasini ko‘rib chiqishi lozimligini qayd etib o‘tdi.

“Yevropa Ittifoqi qochqinlar muammosini bartaraf etishda katta hamiyat kasb etuvchi Turkiya singari mamlakatlarga moddiy yordam beruvchi fond tashkil etish haqida o‘ylasak yaxshiroq bo‘lar edi”, – dedi Orban.

O‘tgan dam olish kunlari Vengriya va Chexiyada muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat keskinlashib ketgani sababli Avstriya va Germaniya ularni o‘z mamlakatlariga o‘tkazishga rozilik bildirgan edi.