Yandeks.Navigatorda ovozli aktivatsiya ishga tushdi
Yandeks kompaniyasi Yandeks.Navigator dasturining yangilanmasini chiqardi. Unda ovozli aktivatsiya (ishga tushirish) funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu funksiya yordamida haydovchilar yo‘ldan chalg‘imagan holda dasturga ovoz bilan buyruq berishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun “Yandeks” so‘zini aytish kerak va Navigator unga murojaat qilinayotgani anglaydi.
Haydovchining “Uyga ketdik” yoki “O‘ng qatorda avariyani ko‘ryapman” so‘zlarini eshitib Navigator uygacha yo‘lni qurib chiqadi yoki yo‘l-transport hodisasi haqida xaritada belgi qo‘yadi. Ovoz bilan oddiy va murakkab yo‘nalish qurish mumkin, misol uchun, “Ishga AYoQSh orqali ketdik” deyish va xaritani boshqarish, ya'ni yo‘ldagi tirbandliklarlarni ko‘rsatish yoki yashirish mumkin. Navigatordagi ovozli boshqarish negizida Yandex SpeechKit nutq texnologiyalari majmuasi yotadi.
Hozirda ovozli boshqaruvga ega Yandeks.Navigatorning iOS va Android operatsion tizimlari uchun versiyasi chiqarilib, iOS uchun versiyasini App Store’dan, Android uchun versiyasini Google Play’dan yuklab olish mumkin.
Ma'lumot uchun, Yandeks.Navigator haydovchilar uchun mo‘ljallangan dastur bo‘lib, unda haydovchilar biror manzilga borishlarida bosib o‘tadigan yo‘llarini qurishlari mumkin.