Jamiyat | 19:39 / 07.09.2015
7405
1 daqiqa o‘qiladi

"Yura davri dunyosi" filmi dunyo kinoteatrlarida 1 mlrd dollar mablag‘ jamg‘ardi

Universal kinostudiyasining "Yura davri dunyosi" filmi dunyo kinoteatrlarida 1 mlrd dollardan ziyod mablag‘ jamg‘ardi va "Avatar", "Titanik" hamda "Forsaj-7" kabi mashhurlikka erishdi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashrida yozilgan.

Ma'lum qilinishicha, Kolin Trevorrouning ushbu filmining aniq ko‘rsatkichi 1,003 mlrd dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, "Avatar" filmining shu vaqtgacha jamg‘argan daromadi 2,03 mlrd dollar, "Titanik" filminiki 1,53 mlrd dollar, "Forsaj-7" filminiki esa 1,16 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Universal studiyasining joriy yildagi umumiy daromadi esa 6 mlrd dollar bo‘lgan. Bu Gollivuddagi kinostudiyalar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.