O‘zbekiston | 12:31 / 08.09.2015
3291
1 daqiqa o‘qiladi
“LUKOyl” O‘zbekistonda o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun Korea EximBank bilan muzokaralar olib bormoqda
Rossiyaning “LUKOyl” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun Korea EximBank bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Vedomosti” nashriga bergan intervyusida kompaniya rahbari Vohid Alekberov bayonot berdi.
“Bu loyihalarning moliyalashtirilishi masalasini tez kunda hal qilamiz degan umiddaman”, - ta'kidladi biznesmen.