Jahon | 08:39 / 08.09.2015
2144
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda yengil samolyot qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
AQShning Shimoliy Karolina shtatida Beechcraft A-36 yengil samolyotining qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda Winston-Salem Journal nashri.
Florida shtatidan Grinsboro aeroportiga parvoz qilayotgan Vulcan Materials kompaniyasining samolyoti yerga urilib, yonib ketgan.
Transportda xavfsizlik milliy kengashi vakili Piter Nadsonning aytishicha, uchuvchi falokat yuz berishidan oldin nozirlarga ba'zi nosozliklar haqida axborot bergan. Falokatga qanday nosozlik sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda.
Voqea joyida tezkor xizmatlar va tergovchilar ish olib bormoqda.