Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda Yamanda halok bo‘lgan harbiylar xotirasi muzeyi ochiladi
BAA hukumati Yamandagi harbiy amaliyotlarda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasi muzeyini tashkil etish haqida qaror qabul qilishdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
O‘tgan hafta Yamanning Mag‘rib viloyatida raketa zarbasi oqibatida BAAning 46 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Yamanlik isyonchilar otgan raketa qurol-aslaha omborida saqlanayotgan portlovchi uskunalarda detonatsiya keltirib chiqardi, buning oqibatida sodir bo‘lgan portlashda 50ka yaqin harbiy halok bo‘ldi.
The National nashrining xabar berishicha, Abu Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad bin Zayd al-Nahayyon Abu Dabida halok bo‘lganlar oilalari bilan shug‘ullanuvchi ofis ochishga topshiriq bergan.
U boshqa rasmiy organlar bilan hamkorlikda oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash ishlari olib boradi. Shu binoning o‘zida muzey ochiladi.
Muzeyda halok bo‘lgan harbiylarning hujjatlaridan iborat arxiv joylashadi.