Jahon | 09:50 / 08.09.2015
4113
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Yerda o‘rmonlarning qisqarishi sur'atlari 2 barobarga sekinlashdi

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari Joze Grasianu da Silvaning ta'kidlashicha, insoniyat o‘rmonlarning qisqarib ketishi muammosini bartaraf qilish borasida muayyan yutuqlarga erishmoqda. Uning so‘zlarini Bloomberg keltirmoqda.

Da Silvaning e'tirof etishicha, o‘rmon hududlarining qisqarishi sur'atlari 2010-2015 yillarda 0.8 foizni tashkil qilgan. 90-yillarda bu ko‘rsatkich 0.18 foizga teng edi.
“Oxirgi 25 yil ichida o‘rmonlarning qisqarishi sur'atlari ikki barobarga sekinlashdi”, - ta'kidladi da Silva.

Shunga qaramay, o‘rmon hududlari qisqarishda davom etmoqda. Agar 1990 yilda o‘rmonlar quruqlikning 31.6 foizini egallagan bo‘lsa, hozirlikda bu ko‘rsatkich 30.6 foizga tushgan.