18:13 / 08.09.2015
2659

BMT: Ukraina sharqidagi qurolli mojarolarda 8 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi

Ukraina sharqidagi qurolli mojarolar sababli 2014 yil aprel o‘rtalaridan 2015 yilning 15 avgustiga qadar 7883 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 17610 kishi jarohat oldi, deya xabar berdi Reuters.

Bu haqda BMTning Ukrainada inson huquqlarining ta'minlanishi bo‘yicha monitoring missiyasi hisobotida ma'lum qilindi.

“Bular taxminiy ma'lumotlar bo‘lib, haqiqiy raqamlar ko‘proq bo‘lishi ham mumkin”, deyiladi navbatdagi hisobotda.

Top