Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:52 / 08.09.2015
2203
1 daqiqa o‘qiladi
Eldar Ryazanov to‘liq sog‘ayib, shifoxonadan chiqmoqda
Taniqli rossiyalik rejissyor Eldar Ryazanov shifoxonadan chiqishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda Moskva 1-klinik shifoxonasi shifokori Aleksey Svetga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.
Rejissyor 6 sentabr kuni shifoxonaga yurak xuruji shubhasi bilan yotqizilgan edi. Shifokor Aleksey Svetning ma'lum qilishicha, hozirlikda uning ahvoli barqarorlashgan.
“Eldar Ryazanovning ahvoli barqaror, qoniqarliga yaqin. Bu rejali gospitalizatsiyadir”, - deydi shifokor.
Shu bilan birga, rejissyorning shifoxonadan chiqish vaqti ma'lum qilinmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish