Jahon | 22:22 / 08.09.2015
3877
2 daqiqa o‘qiladi

Eng qadimiy dengiz toshbaqasi qoldiqlari topildi

Frankfurtdagi Zekenberg universiteti olimlari insoniyatga ma'lum bo‘lgan eng qadimiy dengiz toshbaqasi qoldiqlari topilganini ma'lum qilishdi. Sudralib yuruvchining yoshi 120 mln yil deb baholanmoqda, uning yoshi avval ma'lum bo‘lgan eng qadimiy turlarning yoshidan 25 mln yilga ko‘proqni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Phys.org sayti.

Santanachelys gaffneyi deb nomlangan toshbaqaning toshga aylanib qolgan qoldiqlari bo‘r davri zamonlaridan beri deyarli ideal holatda saqlanib qolgan. Toshbaqaning skeleti uzunligi 2 metrga yaqinni tashkil qilgan va zamonaviy toshbaqalar bilan ko‘plab umumiy jihatlarga ega. Aynan bo‘r davrida toshbaqalar quruqlikdagi va dengizdagi turlarga bo‘lingan. Yetarlicha bo‘lmagan ma'lumotlar hozircha toshbaqalarning bo‘linishining taxminiy muddatlarini aytishga imkon bermaydi, biroq yangi topilma bu borada oydinlik kiritishda yordam berishi mumkin.

Toshbaqa qoldiqlari Kolumbiyada aniqlandi. Olimlar toshbaqaning to‘liq skeletidan tashqari to‘rtta bosh suyagi va ikkita qisman saqlanib qolgan toshbaqa kosasini o‘rganib chiqdilar. Havaskor-paleontologlar tomonidan topilgan barcha topilmalar mahalliy muzeyga topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish