Iqtisodiyot | 11:26 / 08.09.2015
2619
1 daqiqa o‘qiladi

Eronga qarshi sanksiyalar 2016 yil boshida bekor qilinishi mumkin

Eron iqtisodiyotining neft va moliya sektorlariga qarshi sanksiyalar 2016 yilning birinchi choragida bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.

14 iyul kuni vositachilar oltiligi va Eron vakillari o‘rtasida erishilgan kelishuv shartlariga muvofiq, yadroviy dasturning qisqartilishiga javob tariqasida sanksiyalarning asosiy qismi ham bekor qilinadi. Yadroviy dastur borasidagi kelishuvlarning Eron tomonidan amalga oshirilayotganini MAGATE nazorat qiladi.

Ushbu xalqaro tashkilotning ekspertiza o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar keyingi yilning yanvari yoki fevralida tayyor bo‘ladi. Komissiya o‘z ishini martda yakunlaydi. Uning xulosasiga ko‘ra sanksiyalar bekor qilinishi masalasi ko‘rib chiqiladi.